fbpx Betguru » La Liga. Marca El-Klasiko ishtirokchilarini baholadi: Yamal — eng yomon, Bellingem — eng yaxshi futbolchi
Tuesday, 28 October 2025
← Go to the news

La Liga. Marca El-Klasiko ishtirokchilarini baholadi: Yamal — eng yomon, Bellingem — eng yaxshi futbolchi

La Liga 10-turidan o‘rin olgan El-Klasikoda «Barselona» «Real Madrid»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ispaniyaning Marca nashri o‘yindan so‘ng har ikki jamoa futbolchilariga an’anaviy tarzda baho qo‘ydi.

Eng yuqori bahoni «Real» yarimhimoyachisi Jud Bellingem oldi — 9 ball. Kilian Mbappe, Voytsex Shesni va Eder Militao 8 ball bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kirdi.

Eng past baho esa «Barselona»ning yosh vingeri Lamin Yamalga berildi — 4 ball. Bu El-Klasikodagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi.

«Barselona»:
Shesni – 8, Kunde – 4.5, Erik Garsiya – 4.5, Kubarsi – 4.5, Balde – 4.5, De Yong – 5, Pedri – 6, Yamal – 4, Fermin Lopez – 6, Reshford – 6, Torres – 4.5.

«Real Madrid»:
Kurtua – 7.5, Valverde – 6, Militao – 8, Heysen – 7.5, Karreras – 6, Tchuameni – 7.5, Kamavinga – 7, Gulyer – 5, Bellingem – 9, Vinisius – 7.5, Mbappe – 8.

image