fbpx Betguru » Kurtua 2025-yilda top-5 ligalar orasida eng ko‘p seyv amalga oshirdi
Monday, 29 December 2025
← Go to the news

Kurtua 2025-yilda top-5 ligalar orasida eng ko‘p seyv amalga oshirdi

«Real» darvozaboni 2025-yilda 174 seyv bilan top-5 ligalarda birinchi bo‘ldi.

Kurtua 2025-yilda top-5 ligalar orasida eng ko‘p seyv amalga oshirdi

Ispaniyaning Marca gazetasi bugungi sonining muqovasini «Real» darvozaboni Tibo Kurtuaga bag‘ishlab, uni top-5 ligalar ichida yilning eng samarali posboni deb atadi. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, belgiyalik darvozabon 2025-yilda 174 ta seyv amalga oshirgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha barcha raqiblarini ortda qoldirgan.

Reytingda «Borussiya Dortmund» darvozaboni Gregor Kobel ham 174 seyv bilan qayd etilgan. «Roma» posboni Mile Svilarda 138, «Osasuna» darvozaboni Serxio Errera 138, «Inter» posboni Yan Zommer esa 132 seyvni amalga oshirgan.

Marca Kurtuaning natijalarini baholar ekan, uning o‘yinlari «Real»ning 2025-yildagi to‘liq qulashining oldini olgani ta’kidlandi.

image