fbpx Betguru » KJCH. «Real» — chorakfinalgacha eng ko‘p pul ishlagan klub, «Bavariya» ikkinchi (top-10)
Saturday, 5 July 2025
← Go to the news

KJCH. «Real» — chorakfinalgacha eng ko‘p pul ishlagan klub, «Bavariya» ikkinchi (top-10)

Futbol

Madrid klubi turnirda g‘olib chiqsa, hozirgacha olganidan ikki barobar ko‘proq daromad topadi.
KJCH. «Real» — chorakfinalgacha eng ko‘p pul ishlagan klub, «Bavariya» ikkinchi (top-10)
Foto: Getty Images
«Real» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorakfinali oldidan eng ko‘p pul ishlagan klub bo‘lib turibdi.

Madrid klubi hozirgacha bo‘lgan ishtiroki uchun 55,2 mln yevro daromad qildi. Agar turnirda g‘olib chiqsa, yana 56,4 mln yevroga ega bo‘ladi.

Ikkinchi o‘rinni «Bavariya» egallab turibdi – 52,3 mln. Uchinchi — «PSJ» (50,3 mln), to‘rtinchi – «Chelsi» (48,3 mln).

Shuningdek, top-10dan «Manchester Siti» (46,3 mln), «Borussiya D» (46,2 mln), «Palmeyras» (36,1 mln), «Fluminense» (35,1 mln), «Inter» (32,9 mln) va «Al Hilol» (31,1 mln) ham o‘rin olgan.

Turnir chorakfinalida «Fluminense» — «Al Hilol», «Chelsi» — «Palmeyras», «PSJ» — «Bavariya», «Real» — «Borussiya» bahslari o‘tkaziladi

image