← Go to the news
12.11.2025
3
Futbol
JCH U-17. Uganda — Fransiya uchrashuvida o’zbekistonlik hakamlar ishlaydi
O’zbekistonlik hakamlar U-17 jahon chempionatidagi 3-tur bahsida ishlaydi. Bu haqda O’FF matbuot xizmati xabar berdi.
U-17 jahon chempionatining bugun, 11-noyabr kuni bo’lib o’tadigan bahsida ham o’zbekistonlik hakamlar ishtirok etadi. Uganda — Fransiya uchrashuvida Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida ishlasa, Sanjar Shoyusupov va Akmal G’iyosov unga qanotlarda yordam beradi.
Avvalroq Lutfullin boshchiligidagi o’zbekistonlik hakamlar U-17 jahon chempionatining AQSh va Tojikiston o’smirlar jamoasi o’rtasidagi bahsida ishlashi ma’lum qilingandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan