fbpx Betguru » Italiya kubogi. «Napoli» penaltilar seriyasida «Kalyari»dan ustun kelib, chorakfinalga yo’l oldi
Wednesday, 10 December 2025
← Go to the news

Italiya kubogi. «Napoli» penaltilar seriyasida «Kalyari»dan ustun kelib, chorakfinalga yo’l oldi

Neapol klubi keyingi bosqichda «Fiorentina» — «Komo» uchrashuvining g’olibi bilan kuch sinashadi.

Italiya kubogi. «Napoli» penaltilar seriyasida «Kalyari»dan ustun kelib, chorakfinalga yo’l oldi

Italiya kubogida 1/8 final bosqich o’yinlari davom etmoqda.

«Napoli» Neapolda «Kalyari»ni qabul qilib, asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Mezbonlar safida yagona golga Lukka mualliflik qilgan bo’lsa, mehmonlarning javob goli Esposito nomiga qayd etildi.

Penaltilar seriyasida esa Konte shogirdlari 9:8 hisobida zafar quchib, chorakfinal yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Shu tariqa, «Napoli» keyingi bosqichda «Fiorentina» — «Komo» uchrashuvining g’olibi bilan kuch sinashadi.

Italiya kubogi. 1/8 final
Napoli — Kalyari 1:1 (pen.ser 9:8)
Gollar: Lukka 28 — Esposito 67.

Napoli — Milinkovich-Savich; Beukema, Jesus, Oliveira; Mazzoki, Vergara, Elmas, Spinatsola; Politano, Ambrosino; Lukka.
Kalyari — Kaprile; di Pardo, Rodriguez, Luperto, Obert; Adopo, Diyola, Gaetano; Luvumbo, Qilichysoy; Pavoletti.

image