fbpx Betguru » Italiya kubogi. «Milan» ishonchli g’alaba bilan nimchorakfinalga yo’l oldi va boshqa natijalar (videosharh)
Wednesday, 15 October 2025
← Go to the news

Italiya kubogi. «Milan» ishonchli g’alaba bilan nimchorakfinalga yo’l oldi va boshqa natijalar (videosharh)

Nkunku «rossoneri» safidagi debyut golini urdi.
Italiya kubogi. «Milan» ishonchli g’alaba bilan nimchorakfinalga yo’l oldi va boshqa natijalar (videosharh)

Italiya kubogida 1/16 final bahslari boshlandi.

«Milan» o’z maydonida «Lechche»ni qabul qilib, javobsiz 3 ta gol urdi va 1/8 finalga yo’l oldi. Nkunku «rossoneri» safidagi debyut to’pini kiritdi. Allegri jamoasining keyingi bosqichdagi raqibi «Latsio» bo’ladi.

Shuningdek, «Kalyari» va «Udineze» ham nimchorakfinal yo’llanmasini ijobiy hal qildi.

Italiya kubogi. 1/16 final. 23 sentyabr
Milan — Lechche 3:0
Gollar: Ximenes (20), Nkunku (51), Pulishich (64).
Milan — Menyan, Tomori, de Vinter, Pavlovich (Odogu, 79), Salemakers (Atekame, 61), Loftus-Chik, Ritchi (Fofana, 46), Rabiot, Bartesagi, Ximenes (Balentien, 68), Nkunku (Pulishich, 61).
Chetlatish: Sibert (18, Lechche).

Kalyari — Frozinoe 4:1
Gollar: Gaetano (2, penalti), Borelli (67), Mattia (80), Kavuoti (85) — Vergani (36).

Udineze — Palermo 2:1
Gollar: Zaniolo (41), Miller (45) — Peda (90+3).

image