fbpx Betguru » Italiya kubogi. «Inter» o’z uyida «Venesia»ni yengib, chorakfinalga yo’l oldi
Friday, 5 December 2025
← Go to the news

Italiya kubogi. «Inter» o’z uyida «Venesia»ni yengib, chorakfinalga yo’l oldi

«Neradzurri» keyingi bosqichda «Roma» — «Torino» bahsi g’olibiga qarshi maydonga tushadi.

Italiya kubogi. «Inter» o’z uyida «Venesia»ni yengib, chorakfinalga yo’l oldi

Italiya kubogida 1/8 final bosqich o’yinlari davom ettirildi.

«Inter» Milanda «Venesia»ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida g’alaba qozondi. Diuf, Esposito, Tyuram (dubl) va Bonni «neradzurri» safida gollarga mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Sagrado kiritdi.

Shu tariqa, «Inter» keyingi bosqichga yo’llanma oldi. Jamoa keyingi bosqichda «Roma» — «Torino» bahsi g’olibiga qarshi maydonga tushadi.

Italiya kubogi. 1/8 final
Inter — Venesia 5:1
Gollar: Diuf 18, Esposito 20, Tyuram 34, 51 (dubl), Bonni 75 — Sagrado 66.

Inter: X. Martinez, Bissek, De Fray, Augusto, Diuf, Frattesi, Zelinski (Mxitaryan 46), Suchich (Bovo 79), Enrike (Kochchi 60), M. Tyuram (Bonni 60), F. Esposito (Spinachche 79).

Venesia: Grandi, Venturi, Korach, Sidibe (Shingt’yenn 46), Sagrado, Dankan, Bokhinen, Lella (K. Peres 81), Xaps (Fila 64), Kompanyon (Eno 81), Kasas Marin (Adorante 81).

Ogohlantirish: Korach 45.

image