fbpx Betguru » Ispaniya milliy jamoasi rekordni takrorladi
Saturday, 22 November 2025
← Go to the news

Ispaniya milliy jamoasi rekordni takrorladi

Ispaniya 31 o‘yindan beri asosiy vaqtda mag‘lub bo‘lmagan holda jahon rekordini qayta tikladi.

Ispaniya milliy jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinida Turkiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, asosiy vaqtda mag‘lubiyatsiz seriyasini 31 o‘yinga uzaytirdi. Bu natija bilan jamoa 2023-yildan beri mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda.

AS nashriga ko‘ra, Luis de la Fuentening jamoasi Italiya (2018–2021) tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. So‘nggi marta Ispaniya 2023-yil mart oyida Shotlandiyaga qarshi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Shu vaqt mobaynida ispaniyaliklar 2023-yilgi Millatlar ligasida va 2024-yilgi Yevropa chempionatida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, De la Fuente shogirdlari 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

image