fbpx Betguru » IFFHS 2025-yil uchun dunyo ramziy jamoasini e’lon qildi
Monday, 29 December 2025
← Go to the news

IFFHS 2025-yil uchun dunyo ramziy jamoasini e’lon qildi

Ro‘yxatda «PSJ», «Barselona», «Real» va «Man Siti» kabi top-klublar futbolchilari bor.

IFFHS 2025-yil uchun dunyo ramziy jamoasini e’lon qildi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025-yil yakunlariga ko‘ra dunyo ramziy jamoasini e’lon qildi. Ro‘yxatda «PSJ», «Barselona», «Real» va «Manchester Siti» kabi top-klublar futbolchilari o‘rin oldi.

IFFHS talqiniga ko‘ra 2025-yil ramziy jamoasi:

Darvozabon:
Jannluiji Donnarumma («Manchester Siti»)

Himoyachilar:
Nunu Mendesh («PSJ»), Vilyam Pacho («PSJ»), Ashraf Hakimi («PSJ»)

Yarimhimoyachilar:
Vitinya («PSJ»), Pedri («Barselona»), Lamin Yamal («Barselona»)

Hujumchilar:
Kilian Mbappe («Real Madrid»), Erling Holand («Manchester Siti»), Harri Keyn («Bavariya»), Usmon Dembele («PSJ»)

Bundan avval IFFHS 2025-yilning eng yaxshi murabbiylari sifatida klub futbolida Luis Enrike («PSJ»), milliy jamoalar orasida esa Luis de la Fuenteni (Ispaniya) eng yaxshilar deb e’tirof etgandi.

image