Globe Soccer Awards 2025. Yilning eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e’lon qilindi
Eng yaxshi murabbiy sovrini uchun 10 nafar nomzod ko‘rsatildi.
Globe Soccer Awards 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Tashkilot bu haqda Х ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Mukofot uchun Xabi Alonso («Real» Madrid), Mikel Arteta («Arsenal»), Antonio Konte («Napoli»), Luis Enrike («PSJ»), Hans-Diter Flik («Barselona»), Eddi Xou («Nyukasl»), Vensan Kompani («Bavariya»), Entso Mareska («Chelsi»), Roberto Martines (Portugaliya) va Arne Slot («Liverpul») kabi murabbiylar kurashadi.
Globe Soccer Awards — yil davomida futbol sohasida eng katta yutuqlarga erishgan shaxs va jamoalarni taqdirlaydigan yillik marosim hisoblanadi.
O‘tgan yili eng yaxshi murabbiy deb Madridning «Real» klubi ustozi Karlo Anchelotti tan olingan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan