← Go to the news
12.02.2025
4640
Futbol
«Galatasaroy» «Lans»dan Frankovskini o‘z safiga qo‘shib oldi
Pshemislav Frankovski faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
«Galatasaroy» «Lans»ning 29 yoshli yarimhimoyachisini mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Ma’lum shartlar bajarilsa, istanbulliklar yozda polshalik futbolchini sotib olishadi.
Frankovski bu mavsumda Liga 1da 18 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qilgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan