← Go to the news
22.12.2025
6
Futbol
Finalissima 27 mart kuni Qatarda o‘tkazilishi ma’lum bo’ldi
Ispaniya va Argentina ishtirokidagi Finalissima bahsi 27 mart kuni Dohadagi «Lusayl» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Finalissima 27 mart kuni Qatarda o‘tkazilishi ma’lum bo’ldi
Finalissima doirasidagi Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 2026 yil 27 mart kuni Qatarning Doha shahrida joylashgan «Lusayl» stadionida o‘tkaziladi.
Mazkur bahs Janubiy Amerika va Yevropa chempionlari o‘rtasidagi qit’alararo futbol o‘yinining to‘rtinchisi, Finalissima nomi ostida esa ikkinchi bor tashkil etiladigan uchrashuv bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, ilk Finalissima bahsi 2022 yilda Londonning «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan va unda Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan