
«Fenerbaxche» Asensio uchun «PSJ»ga taklif bilan chiqdi
Futbol
4 iyul, 15:48
Ispaniyalik futbolchi yozda jamoasini tark etishi mumkin.
«Fenerbaxche» Asensio uchun «PSJ»ga taklif bilan chiqdi
FOTO: Getty Images
«PSJ»ning 29 yoshli yarimhimoyachisi Marko Asensio faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, «Fenerbaxche» ispaniyalik futbolchi uchun parijliklarga transfer taklifi bilan chiqqan — Istanbul klubi Asensioning transferi uchun 15 million yevro to’lashga tayyor.
Yarimhimoyachining o’zi esa hozircha boshqa takliflarni kutmoqchi. Xabarlarga ko’ra, uning xizmatlariga «Milan» va «Vilyareal» ham qiziqish bildirmoqda.
29 yoshli futbolchi o’tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Aston Villa»da o’tkazdi, biroq Birmingem klubi futbolchini to’liq sotib olmaslikka qaror qildi. Shuningdek, Marko «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikening rejalarida ham yo’qligi aytilmoqda.
O’tgan mavsumda Asensio klublar miqyosida jami 37 ta o’yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevro deb baholanmoqda.