
ChL saralashi. «Qayrat» sensatsion tarzda «Seltik»ni mag’lub etib, guruh bosqichiga yo’l oldi
Bahs g’olibi penaltilar seriyasida aniqlandi.
ChL saralashi. «Qayrat» sensatsion tarzda «Seltik»ni mag’lub etib, guruh bosqichiga yo’l oldi
Yevropa Chempionlar Ligasi saralashining hal qiluvchi bahsida «Qayrat» klubi «Seltik»ni qabul qildi.
Olma-ota bo’lib o’tgan bahsda g’olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda qozoqistonlik futbolchilar 3:2 hisobida g’alaba qozondi.
Shu tariqa, «Qayrat» o’z tarixida ilk bor YChL guruh bosqichiga yo’llanma oldi.
YChL saralashi.
Qayrat – Seltik 0:0 (pen: 3:2)
Qayrat: Anarbekov, Luish Mata (Baybek, 119), Jorjino, Martinovich, Arad, Gleyzer (Kasabulat, 64), Tapalov, Mrinskiy, Gromko, Sorokin, Rikardinio (Bag’dat, 80);
Seltik: Shmeyxel, Skeylz, Nyugren, Yan Xen Jun (Ayda, 70), Karter-Vikers, Xatate, Maeda, Makgregor, Forrest, Rolston (Donovan, 106), Tirni (Marrey, 75).
Birinchi o’yin: 0:0