fbpx Betguru » «Chelsi ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan»
Saturday, 5 July 2025
← Go to the news

«Chelsi ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan»

Joao Pedro: «APLni ko’rib katta bo’lganman»
Photo: X
Londonning «Chelsi» klubi «Brayton»dan yangi xarid qilingan hujumchi Joao Pedroning transferini rasman e’lon qildi.

«Aristokratlar»ning yangi a’zosi klub haqidagi ilk fikrlarini bildirdi:

«APL uchrashuvlarini ko’rib katta bo’lganman. «Chelsi» ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan klub hisoblanadi. «Aristokratlar»ga qo’shilganingda faqat va faqat kuboklar yutish haqida o’ylay olasan», —dedi braziliyalik futbolchi.

Joao Pedro o’tgan mavsumda APLda 27 ta o’yinda maydonga tushib, 10 marta raqiblar darvozasini ishg’ol qilgan va 6 ta assistni o’z hisobiga yozdirib qo’ygan.

image