
Bundesliga. «Ayntraxt» o‘z uyida «Sankt Pauli»ni mag‘lub eta olmadi, «Shtuttgart» esa yirik hisobda g‘alaba qozondi
Germaniya Bundesligasi 33-turida Frankfurtning «Ayntraxt» klubi «Sankt Pauli»ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
O‘yin startidayoq, ya’ni 1-daqiqada Kristensen mezbonlarni hisobda olinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Saliakas hisobni tenglashtirdi. 16-daqiqada mehmonlar futbolchisi Gilavogi hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Mishi Batshuai 71-daqiqada tarozi pallasini tenglashtirdi.
O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va shu tariqa, frankfurtliklar ochkolar sonini 57 taga yetkazib oldi va 3-o‘ringa joylashdi. «Sankt Pauli» esa 32 ochko bilan 14-o‘ringa joylashdi.
Shuningdek, 33-turda «Shtuttgart» o‘z uyida «Augsburg»ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan keyin shtuttgartliklar ochkolar sonini 47 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 9-o‘ringa joylashdi.
Bundesliga 33-tur
«Ayntraxt» – «Sankt Pauli» 2:2
Gollar: Kristensen 1, Batshuayi 71 – Saliakas 4, Gilavogi 16.
«Ayntraxt»: Trapp, Kristensen, Kox, Tuta (Uzun 61), Teate, Skiri (Chaibi 69), Larsen, Braun, Knauff, Baxoya (Batshuayi 46), Ekitike.
«Sankt Pauli»: Vol, Nemet, Val, Ritska, Saliakas, Buxalifa, Smit, Treu (Jvigala 59), Sinani, Gilavogi (Metkalfe 84), Afolayan (Vesshaupt 76).