fbpx Betguru » Buffonning oʻgʻli bir haftada ikkinchi marta xet-trik qayd etdi
Saturday, 22 November 2025
← Go to the news

Buffonning oʻgʻli bir haftada ikkinchi marta xet-trik qayd etdi

Kichik Buffon onasi sabab Chexiya sharafini himoya qiladi.
Italiya futboli afsonasi Janluiji Buffonning oʻgʻli Luis Buffon Chexiya U-19 tarkibida bir hafta ichida ikkinchi marta xet-trik qayd etdi.

19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashining guruh bosqichi uchrashuvida Chexiya U-19 jamoasi Shimoliy Irlandiyani 4:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvda uchala golni Luis Buffon urdi.

Bundan tashqari u 12-noyabr kuni Ozarbayjonga qarshi oʻyinda (6:1) ham uchta gol muallifi boʻlgan edi.

Shu tariqa, kichik Buffon Chexiya yoshlar jamoasi tarkibida ushbu saralash bahsida ikki oʻyin oʻtkazib, oltita gol urishga muvaffaq boʻldi.

Ma’lumot oʻrnida, Luis b, Chexiya U-19 jamoasi guruhda birinchi oʻrinni egallab, keyingi bosqichiga yoʻl oldi.

image