Braziliya Anchelottiga 2030-yilgacha shartnoma taklif qilmoqda
Italiyalik mutaxassisning ayni paytdagi yillik maoshi 10 mln yevro hisoblanadi.
Braziliya Anchelottiga 2030-yilgacha shartnoma taklif qilmoqda
Braziliya futbol konfederatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga 2030-yilgacha bo’lgan yangi shartnoma taklif qilmoqda, deb xabar berdi Globo.
Italiyalik mutaxassis jamoani 2025-yil may oyida qabul qilib olgan edi. Hozirgi shartnomaga ko‘ra, uning yillik maoshi 10 million yevro bo‘lib, bu milliy jamoa murabbiylari orasida eng yuqori to‘lovdir.
Shartnomada Braziliya JCH-2026da g‘olib chiqsa, 5 million yevrolik bonus ham nazarda tutilgan. Braziliya futbol rahbarlari fikricha, Anchelotti jamoani to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va Jahon chempionati oldidan yuqori natijalarni qayd etish uchun yetarli ish qilgan.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan