Braziliya A Seriyasi. «Santos» Neymarning het-trigi evaziga yirik g’alabani qo’lga kiritdi (videosharh)
Braziliyalik vinger oxirgi marta 3 yil oldin bir o’yinda 3 ta gol urgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov
Editor
Braziliya A Seriyasi. «Santos» Neymarning het-trigi evaziga yirik g’alabani qo’lga kiritdi (videosharh)
Neymar «Juventude»ga qarshi bahsda het-trik qayd etdi.
«Santos»ning 33 yoshli futbolchisi Braziliya chempionatining 37-turida «Juventude»ga qarshi o’yinda 3 ta gol urdi (3:0). Braziliyalik vinger uchala golni ham ikkinchi bo’lim (56, 65 va 73-daqiqalar)da kiritdi.
Qayd etish lozim, Neymar golli seriyasini 3 o’yinga uzaytirdi. Shu davr mobaynida uning hisobida 5 ta gol mavjud.
U futbolchi sifatida oxirgi marta 2022 yil 9 aprel kuni het-trik qayd etgan edi. O’shanda Neymar «PSJ» safida «Klermon» darvozasiga 3 bor yo’l topgan.
Ushbu mavsumda vinger Braziliya chempionatida 19 ta o’yinda 8 ta gol urdi. Avvalroq Anchelotti Neymarning 100 foiz tayyor bo’lsagina, jahon chempionatiga borishini aytib o’tgandi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan