fbpx Betguru » «Borussiya D» Gittensning «Chelsi»ga o’tishini e’lon qildi
Saturday, 5 July 2025
← Go to the news

«Borussiya D» Gittensning «Chelsi»ga o’tishini e’lon qildi

Futbol

Transfer qiymati ma’lum.
«Borussiya D» Gittensning «Chelsi»ga o’tishini e’lon qildi

«Borussiya» Dortmund Jeymi Gittensning «Chelsi»ga o’tishini xabar qildi.

Nemis klubi 20 yoshli vingerning ingliz jamoasiga transferini tasdiqladi.

Ta’kidlanishicha, ingliz futbolchisi va londonliklar shaxsiy shartnoma borasida so’nggi masalalarni kelishib olishmoqda.

Dortmund klubi Gittens uchun 48,5 million funt oladi. Shuningdek, bonuslar ham bor.

Gittens o’tgan mavsumda Bundesligada 32 o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

Bungacha «Chelsi» «Brayton»dan Joao Pedroning transferini e’lon qilgandi

image