fbpx Betguru » «Benfika» Mourino boshqaruvida chempionatdagi o‘yinlarda yutqazmadi
Wednesday, 29 October 2025
← Go to the news

«Benfika» Mourino boshqaruvida chempionatdagi o‘yinlarda yutqazmadi

Joze Mourino boshqaruvidagi «Benfika» Portugaliyada hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

Lissabon klubi chempionatning 9-turida «Aruqa»ni 5:0 hisobida taslim etdi. Shu tariqa, «burgutlar» 20 sentyabrdan buyon, ya’ni Mourino jamoaga qaytganidan keyin milliy chempionatda birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi.

Uning qo‘l ostida klub ligada 3 g‘alaba va 2 durang qayd etgan. Shuningdek, mamlakat kubogi doirasida «Shavesh»ni mag‘lub etdi.

Shunga qaramay, «Benfika» Joze davrida Chempionlar Ligasida ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi — «Nyukasl»ga (0:3) va «Chelsi»ga (0:1). 29 oktyabr kuni «burgutlar» liga kubogi chorakfinalida «Tondela»ga qarshi bahs olib boradi.

image