fbpx Betguru » «Bavariya» Yevropaning top-5 ligalari tarixida yangi rekord o‘rnatdi
Thursday, 6 November 2025
← Go to the news

«Bavariya» Yevropaning top-5 ligalari tarixida yangi rekord o‘rnatdi

«Bavariya» Yevropaning top-5 ligalari tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Myunxen klubi mavsum boshidagi 16 g‘alabadan iborat seriya bilan tarixiy natijaga erishdi.

«Bavariya» Yevropaning top-5 ligalari tarixida yangi rekord o‘rnatdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turida Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va shu tariqa 2025/26-yilgi mavsum startidagi g‘alabalar seriyasini 16 taga yetkazdi.

Statistik portal Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, bu natija Yevropaning top-5 ligalari tarixidagi eng uzun g‘alabalar seriyasidir. Shu vaqt ichida «Bavariya» 57 ta gol urib, atigi 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Avvalgi rekord 1992/93-yilgi mavsumda «Milan»ga tegishli edi — o‘shanda italiyaliklar ketma-ket 13 uchrashuvda g‘alaba qozongan.

image