fbpx Betguru » «Barsa» Yamal bo‘yicha hech qanday taklif olmagan — manba
Thursday, 16 October 2025
← Go to the news

«Barsa» Yamal bo‘yicha hech qanday taklif olmagan — manba

Bungacha «Al Hilol» 18 yoshli vinger uchun 400 million yevroga teng taklif yo‘llagani aytilayotgandi.
«Barsa» Yamal bo‘yicha hech qanday taklif olmagan — manba

«Barselona» Lamin Yamal transferi bo‘yicha hech qanday taklif olmagan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bungacha Ispaniya nashrlari «Al Hilol» 18 yoshli vinger uchun 400 million yevroga teng taklif yo‘llagani hamda futbolchiga 7 yillik shartnoma taklif etmoqchi ekani haqida xabar tarqatgan edi.

Biroq kataloniyaliklar bunday taklif kelib tushmaganini ma’lum qilib, Lamin Yamal sotilmasligini ta’kidladi. Qolaversa, yozgi transfer oynasidan oldin vinger «Barselona» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi.

Bu mavsumda ispan futbolchi La Liganing 4 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Avvalroq Yamal bo‘sh vaqtini Xorvatiyada sevgilisi bilan o‘tkazayotgani ma’lum qilingan edi.

image