← Go to the news
21.11.2025
5
Futbol
Avstriya, Norvegiya va Shotlandiya XXI asrda ilk bor JChga yo‘l oldi
Uchala milliy jamoa ham UEFA saralashida guruhda 1-o‘rinni bilan JCh-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.
Avstriya, Norvegiya va Shotlandiya milliy jamoalari 2026-yilgi Jahon Chempionatiga bevosita yo‘llanma oldi. Ular UEFA saralash turniri yakunlariga ko‘ra o‘z guruhlarida 1-o‘rinni egalladi va shu tariqa XXI asrda ilk bor mundialda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Mazkur jamoalar so‘nggi bor 1998-yilgi Fransiyada o‘tgan mundialda qatnashgan edi. O‘shanda Norvegiya 1/8 finalgacha yetib borgan, Avstriya va Shotlandiya esa guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan.
JCh-2026 Avstriya uchun tarixdagi sakkizinchi, Norvegiya uchun to‘rtinchi, Shotlandiya uchun esa to‘qqizinchi mundial bo‘ladi.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan