fbpx Betguru » «Atletiko» qishda Gallaherni sotishga tayyor
Wednesday, 26 November 2025
← Go to the news

«Atletiko» qishda Gallaherni sotishga tayyor

Uning klub bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo’ljallangan.

«Atletiko» qishda Gallaherni sotishga tayyor

Madridning «Atletiko» klubi yarimhimoyachisi Konor Gallaher qishki transfer vaqti jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Layall Tomas xabar berdi.

Manbaga ko’ra, angliyalik 25 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir nechta jamoalari qiziqish bildirmoqda.

O’z navbatida «matraschilar» Gallaherni qo’yib yuborishga tayyor. Ammo klub futbolchini to’liq sotib yuborishni rejalashtirgan.

Bu mavsumda Konor «Atletiko» safida barcha turnirlarda 17 o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

image