← Go to the news
29.12.2025
2
Futbol
«Aston Villa» 1914-yildan beri ilk bor ketma-ket 11 ta o‘yinda g‘alabaga erishdiUnai Emeri jamoasi barcha musobaqalarda ketma-ket 11 ta g‘alaba bilan klub rekordini takrorladi.
«Aston Villa» 1914-yildan beri ilk bor ketma-ket 11 ta o‘yinda g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images
«Aston Villa» klub tarixidagi eng uzun g‘alabalar seriyalaridan birini takrorladi. Squawka xabariga ko‘ra, birmingemliklar barcha turnirlar doirasida ketma-ket 11 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
27-dekabr kuni APLning 18-turida «Aston Villa» safarda «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va seriyasini 11 taga yetkazdi. Klub tarixida bunga avval faqat ikki marta — 1897 va 1914-yillarda erishilgan edi.
18-tur yakuniga ko‘ra, «Aston Villa» 39 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal»dan uch ochkoga ortda qolmoqda.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan