fbpx Betguru » «Arsenal» APLda 700 ta g’alabaga erishdi
Tuesday, 28 October 2025
← Go to the news

«Arsenal» APLda 700 ta g’alabaga erishdi

Ulardan faqat «Manchester United»da ko’proq g’alaba qayd etilgan.

«Arsenal» APLda 700 ta g’alabaga erishdi

«To’pchilar» Angliya chempionatining 9-turida «Kristal Pelas»ni 1:0 hisobida mag’lub etdi. Shu tariqa «Arsenal» 1992-yilgi islohotdan keyin APL doirasida 700 ta g’alabali marraga yetgan ikkinchi klubga aylandi. Ulardan faqat «Manchester United»da ko’proq (760 ta) g’alaba qayd etilgan.

Shuningdek, «Liverpul» APLda 682 marta, «Chelsi» 671 marta, «Tottenhem» 556 marta, «Manchester Siti» esa 555 marta g’alaba qozongan. Avvalroq Venger APLda «Arsenal»ning chempion bo’lishini taxmin qilgandi.

image