Arab kubogi. Iordaniya Iroqni mag’lub etdi, BAA penaltilar seriyasida Jazoirdan ustun keldi
Yarimfinalning barcha ishtirokchilari aniqlandi.
Arab kubogi. Iordaniya Iroqni mag’lub etdi, BAA penaltilar seriyasida Jazoirdan ustun keldi
Qatarda o’tayotgan Arab kubogida barcha yarimfinalchilar aniqlandi.
Chorakfinal bahsida Iordaniya milliy jamoasi Iroqni 1:0 hisobida mag’lub etdi. Yagona gol 41-daqiqada Olven tomonidan penaltidan kiritildi.
Natijada iordaniyaliklar yarimfinal bellashuvida Saudiya Arabistoniga qarshi 15 dekabr kuni maydonga chiqadi.
Chorakfinalning so’nggi uchrashuvida Jazoir va BAA o’zaro to’qnash kelishdi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi. Qo’shimcha bo’limlarda ham golsiz yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa amirliklar 7:6 hisobida g’alaba qozonib, yarimfinalga yo’llanma oldi. Endilikda ular Marokashga qarshi o’ynaydi.
Arab kubogi. 1/4 final
Iordaniya — Iroq 1:0
Gol: Olven 41 min
Jazoir — BAA 1:1 (pen: 6:7)
Gollar: Boulbina 46 – Bruno 64
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan