fbpx Betguru » APLga qaytgan klub «Chelsi»dan darvozabon xarid qilmoqchi
Saturday, 5 July 2025
← Go to the news

APLga qaytgan klub «Chelsi»dan darvozabon xarid qilmoqchi

Serbiyalik futbolchi yangi mavsumni londonliklar safida boshlashi mumkin.
APLga qaytgan klub «Chelsi»dan darvozabon xarid qilmoqchi
Photo: gettyimages
Londonning «Chelsi» klubiga tegishli bo’lgan futbolchi faoliyatini «Sanderlend»da davom ettirishga yaqin turibdi.

Chempionshipdan APLga qaytgan klub Jorje Petrovich bilan muzokoralar olib bormoqda. Serbiyalik 25 yoshli darvozabonning transfer qiymati tahminan 25 million yevro atrofidagi mablag’ni tashkil qiladi. Agar kelishuv amalga oshadigan bo’lsa darvozabon yangi mavsumni «Sanderlend» safida boshlashi mumkin bo’ladi.

2024/25 yilgi mavsumda Jorje Petrovich Fransiyaning “Strasbur” jamoasi tarkibida ijara asosida harakatlandi hamda Liga1 o’yinlarida jami 31 uchrashuvda maydonga tushib, 38 marta o’z darvozasidan to’p olib chiqdi.

image