fbpx Betguru » «Antalyaspor»ga qarshi o’yinda dubl qayd etgan Shomurodov Sofascore tomonidan 8,7 ballga loyiq ko’rildi
Tuesday, 28 October 2025
← Go to the news

«Antalyaspor»ga qarshi o’yinda dubl qayd etgan Shomurodov Sofascore tomonidan 8,7 ballga loyiq ko’rildi

Eldor bu borada uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo’ldi.

«Antalyaspor»ga qarshi o’yinda dubl qayd etgan Shomurodov Sofascore tomonidan 8,7 ballga loyiq ko’rildi
Foto: Istanbul Basaksehir
Turkiya Superligasining 10-turida «Istanbul Bashakshehir» safarda «Antalyaspor»ni yirik hisobda mag’lub etdi — 4:0.

Mazkur uchrashuvda O’zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov dubl muallifi bo’ldi. U 22 va 88-daqiqalarda o’z nomini tabloga yozdirib qo’ydi.

Uchrashuvdan so’ng SofaScore portali futbolchilarga qo’yilgan ballarni taqdim etdi. Unga ko’ra, Shomurodov 8,7 ballga loyiq ko’rildi va bu borada uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo’ldi.

Ma’lumot o’rnida, «Istanbul Bashakshehir» jamoasi Turkiya Superligasining 10-turidan keyin 10 ochko jamg’argan holda 11-o’rinda bormoqda. Eldor esa to’purarlik poygasida 6 ta gol bilan 2-o’rinda qayd etilgan.

image