fbpx Betguru » «Al Hilol» Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi
Wednesday, 29 October 2025
← Go to the news

«Al Hilol» Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi

«Al Hilol» Sergey Milinkovich-Savich bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

30 yoshli yarimhimoyachi 2028 yilgacha Saudiya klubida qoladi. U endilikda bonuslar bilan birga yiliga 30 million yevrogacha maosh oladi. Bu uning Italiyadagi 3,2 million yevrolik sof daromadidan ancha yuqori.

Milinkovich-Savich 2023 yilda «Latsio»dan «Al Hilol» safiga 40 million yevro evaziga kelib qo’shilgan edi. Saudiyaga ko’chib o’tganidan beri futbolchi 105 ta o’yinda maydonga tushib, 31 gol urdi va 27 ta assist muallifi bo’ldi.

Avvalroq «Al Hilol» Bunu bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi.

image