A Seriya. «Milan» «Verona»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamligini saqlab qoldi
Pulisich va Nkunku milanliklarga g‘alaba keltirdi.
A Seriya. «Milan» «Verona»ni yirik hisobda mag‘lub etib, peshqadamligini saqlab qoldi
A Seriyaning 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Milan» — «Verona» uchrashuvi «San-Siro» stadionida 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.
45+1-daqiqada Kristian Pulisich hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kristofer Nkunku penalti orqali farqni oshirdi (48’), 53-daqiqada esa yana gol urib, dublni rasmiylashtirdi.
Mazkur natijadan so‘ng «Milan» turnir jadvalida peshqadamligini saqlab qoldi. «Verona» esa pastki qismda qolmoqda.
A Seriya. 17-tur
«Milan» — «Verona» 3:0
Gollar: Pulisich 45+1, Nkunku 48 (pen), 53
Milan:Mayk Menyan, Fikayo Tomori (86’ Odogu), Koni De Vinter, Straxinya Pavlovich, Aleksis Salemakers (76’ Athekame), Ruben Loftus-Chik (71’ Fofana), Luka Modrich (70’ Jashari), Adrien Rabiyo, Davide Bartesagi, Kristian Pulisich (76’ Ricci), Kristofer Nkunku.
Verona: Lorentso Montipo, Unay Nunes, Viktor Nelson, Armel Bella-Kochap, Daniyel O’yegoke (75’ Serdar), Sheyx N’yass, Ali Al-Musroti (85’ Harroui), Antuan Berned, Domagoy Bradarich (65’ Valentini), Jiovane (46’ Orban), Daniyel Moskerа (46’ Sarr).
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan