fbpx Betguru » A Seriya. Ken so‘nggi daqiqalarda «Fiorentina»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Wednesday, 29 October 2025
← Go to the news

A Seriya. Ken so‘nggi daqiqalarda «Fiorentina»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

A Seriya 8-turi doirasida «Fiorentina» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlar ikki golli ustunlikka ega bo‘lishgan bo‘lsada, florensiyaliklar so‘nggi daqiqalarda javob qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Birinchi bo‘limda Santyago Kastro va Nikolo Kambyagi gollari hisobiga «Bolonya» 2:0 hisobida oldinga chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa «Fiorentina»ga ikki marta penalti tayinlandi — avval Albert Gudmundsson hisobni qisqartirdi, so‘ng Moyze Kin kompenssiya vaqtida ikkinchi penaltini golga aylantirib, jamoasiga muhim bir ochko olib keldi.

83-daqiqada «Bolonya» himoyachisi Emil Xolm ikkinchi ogohlantiruvdan keyin maydonni tark etdi.

Shu tariqa, «Fiorentina» hali ham A Seriyada g‘alaba qozona olmayotgan bo‘lsada, qiyin vaziyatda iroda ko‘rsatdi va durangga erishdi. «Bolonya» esa 14 ochko bilan kuchli beshlikda bormoqda.

A Seriya. 8-tur
Fiorentina – Bolonya – 2:2
Gollar: Kastro, 25. Kambyagi, 52. Gudmundsson, 74 (pen). Kin, 90+4 (pen).
Qizil kartochka: Xolm, 83.

Fiorentina: De Xea, Pongrachiќ, Mari, Raniyéri, Dodo, Mandragora, Nikolussi Kavigliya, Fadjoli, Gosens, Gudmundsson, Kin.
Bolonya: Skorupski, Xolm, Lyukumi, Miranda, Freyler, Fergyuson, Orsolini, Fabbyan, Kambyagi, Kastro.

image