A Seriya doirasidagi «Milan» — «Komo» oʻyini Avstraliyada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Bahsni osiyolik hakamlar boshqaradi.
A Seriya doirasidagi «Milan» — «Komo» oʻyini Avstraliyada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Foto: Getty Images
A Seriya prezidenti Ezio Simonelli «Milan» va «Komo» oʻrtasidagi oʻyin (A Seriyaning 24-turi) Avstraliyada boʻlib oʻtishini tasdiqladi.
Avvalroq La Gazzetta dello Sport Avstraliya futbol federatsiyasi hamda OFK ushbu uchrashuvga osiyolik hakamlarni tayinlashni talab qilgani, shu sababli Pert shahrida oʻyin oʻtkazilishi xavf ostida qolgani haqida yozgandi. Simonellining aytishicha, liga yakunda bu shartga rozi boʻlgan.
«Oʻyin reja boʻyicha oʻtkaziladi. Infantinoming bilan iliq suhbatlashdik. Ayrim masalalar, ayniqsa, hakamlik bizni xavotirga solgandi. Ammo Kollina osiyolik hakamlarning saviyasi yaxshi ekanini kafolatladi va muayyan tavsiyalar berdi. Biz bu shartni qabul qilamiz», — dedi A Seriya rahbari.
Deutsch
English
France
Russian
Turkey
Uzbekistan