
82 yoshli darvozabon Italiya tarixida rekord o‘rnatdi
Italiyalik posbon Lamberto Boranga mamlakat futbol tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi — u 82 yoshida “Trevana” klubi safida debyut o‘yinini o‘tkazdi. Boranga professional faoliyatini 1961-yilda boshlagan va bir paytlar “Parma”da Karlo Anchelotti bilan bir jamoada o‘ynagan.
U so‘nggi bor 2019-yilda “Marottese” jamoasida to‘p surgan, oradan olti yil o‘tib esa yana maydonga qaytdi. “Trevana” Folinoga qarshi o‘yinda 0:10 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, faxriy darvozabon uchrashuv davomida bir necha yaxshi seyvlarni amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Boranga o‘z faoliyati davomida “Peruja”, “Fiorentina”, “Bresha” va “Parma” klublarida o‘ynagan. U 1993-yilda futboldan ketgan, ammo ikki marta keksalikda maydonga qaytgan yagona futbolchi sifatida tarixga kirgan.