fbpx Betguru » Yevro-2024 saralashi. Ukraina Bosniyada kambek qildi, Qozog‘iston Gretsiyaga 0:5 hisobida yutqazdi, Polsha va Uelsda yirik g‘alaba
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Yevro-2024 saralashi. Ukraina Bosniyada kambek qildi, Qozog‘iston Gretsiyaga 0:5 hisobida yutqazdi, Polsha va Uelsda yirik g‘alaba

Yevropa chempionati saralashi pley-off bosqichida finalchilar ma’lum bo‘ldi.

Qozog‘iston Gretsiyadan javobsiz 5 bor to‘p o‘tkazib yubordi va qit’a chempionatiga bormaydigan bo‘ldi. Ukraina Bosniyada so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi. Uels Finlyandiyadan, Polsha Estoniyadan, Islandiya Isroildan yirik hisobda ustun keldi. Gruziya ham saralash finaliga yo‘l oldi.

26 mart kuni finallar bo‘lib o‘tadi va quyidagi 3 ta juftlik g‘oliblari Germaniyada o‘tadigan Yevropa chempionatiga yo‘llanma olishadi:

Uels — Polsha

Ukraina — Islandiya

Gruziya — Gretsiya

Yevro-2024 saralashi. Pley-off

Yarimfinallar. 21 mart

Bosniya va Hersegovina — Ukraina 1:2

Gollar: Matviyenko (57, avtogol) — Yaremchuk (85), Dovbik (88).

Bosniya va Hersegovina – Shehich, Dedich (Chivich, 68), Kolashinats, Hajikadunich, Ahmedhojich (Kovachevich, 82), Gazibegovich, Simirot, Hayradinovich (Pyanich, 82), Krunich (Rahmanovich, 90), Jeko, Demirovich.

Ukraina – Lunin, Konoplya, Matviyenko, Zabarniy, Mikolenko, Zinchenko (Malinovskiy, 76), Zubkov (Gutsulyak, 76), Mudrik, Sudakov, Brajko (Yaremchuk, 81), Dovbik (Taloverov, 90).

Ogohlantirishlar: Kolashinats (9), Matviyenko (16), Gazibegovich (26), Konoplya (58), Ahmedhojich (79), Yaremchuk (90+1), Kovachevich (90+4).

Gretsiya — Qozog‘iston 5:0

Gollar: Bakasetas (9, penalti), Pelkas (15), Ioannidis (37), Kurbelis (40), Tapalov (87, avtogol).

Gretsiya – Vlaxodimos, Boldok (Rota, 67), Xatsidiyakos (Retsos, 46), Mavropanos, Simikas, Bakasetas (Buxalakis, 74), Mantalos, Kurbelis, Pelkas (Yakumakis, 64), Masuras, Ioannidis (Konstantelias, 64).

Qozog‘iston – Shatskiy, Kairov (Tapalov, 46), Yerlanov, Bistrov, Marochkin, Vorogovskiy, Chesnokov (Zuyev, 68), Beysebekov (Sadibekov, 46), Astanov (Orazov, 46), Zaynutdinov, Samorodov (Aymbetov, 77).

Ogohlantirishlar: Vorogovskiy (17), Xatsidiyakos (30), Sadibekov (54), Orazov (67), Yerlanov (68).

Uels — Finyalyandiya 4:1

Gollar: Bruks (3), Uilyams (38), Jonson (47), Jeyms (86) — Pukki (45).

Uels – Uord, Roberts, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams, Ampadu, Uilson (Broudhed, 90), Bruks (Mur, 61), Jeyms, Jonson (Jeyms, 73).

Finlyandiya – Gradetski, Alxo (Niskanen, 87), Tenxo, Ivanov, Peltola, Shyuller (Kayrinen, 73), Kamara, Lud (Antman, 73), Xokans, Pukki (Yensen, 78), Poxyanpalo (Chellman, 78).

Ogohlantirishlar: Lud (22), Tenxo (50), Jeyms (54), Uilson (65), Xokans (68), Mifem (74), Mur (90+5).

Polsha — Estoniya 5:1

Gollar: Frankovski (22), Zelinski (50), Petrovski (70), Mets (74, avtogol), Shimanski (77) — Vetkal (78).

Polsha – Shchensni, Davidovich, Bednarek, Kiver, Frankovski (Kesh, 46; Puxach, 56), Zalevski, Zelinski (Shimanski, 72), Petrovski (Moder, 73), Slish, Levandovski, Sviderski (Buksa, 72).

Estoniya – Xeyn, Paskochiy, Klavan, Tamm, Mets, Kallaste (Pikk, 67), Soomets (Aynsalu, 82), Vetkal, Palumets (Poom, 67), Tamm (Xussar, 31), Yurgens (Lepik, 67).

Ogohlantirishlar: Paskochiy (15), Puxach (60).

Chetlatish: Paskochiy (27).

Gruziya — Lyuksemburg 2:0

Gollar: Zivzivadze (40, 63).

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya, Dvali, Kiteyshvili, Kochorashvili (Kankava, 86), Chakvetadze (Kvekveskiri, 77), Shengeliya (Sitaishvili, 72), Zivzivadze (Kvilitaya, 86), Mikautadze (Davitashvili, 77).

Lyuksemburg – Moris, Bonert, Yans, Shano, Mahmutovich (Muratovich, 90), Pintu (Martins, 42), Martins Pereyra, Barreyro, Olesen (Till, 77), Rodrigesh (Korats, 90), Borjes Sanches (Kurchi, 77).

Ogohlantirishlar: Zivzivadze (21), Pintu (24), Rodrigesh (54), Barreyro (66), Kvekveskiri (78), Martins (82), Martins Pereyra (87), Kankava (87), Kashiya (90+2), Bonert (90+2).

Chetlatish: Shano (56).

Isroil — Islandiya 1:4

Gollar: Zahavi (31, penalti) — Gudmundsson (39, 83, 87), Traustason (42).

Isroil – Glazer, Dasa, Migel Vitor, Goldberg, Revivo, Kinda (Safuri, 62), Perets (Abu-Fani, 71), Kanixovskiy (Glux, 46), Zahavi, Turgeman, Halayli (Abada, 71).

Islandiya – Valdimarsson, Paulsson, Ingason, Gretarsson, Torarinsson, Sigurdsson (Anderson, 78), Traustason (Youhannesson, 63), Haraldsson, Villumsson (Torsteynsson, 46), Gudmundsson, Ouskarsson (Gudyonsen, 62).

Ogohlantirish: Zaxavi (73).

Chetlatish: Revivo (73).

image