fbpx Betguru » Yevro-2024. Fransiya avtogol evaziga Belgiyani mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi
Thursday, 25 July 2024
← Go to the news

Yevro-2024. Fransiya avtogol evaziga Belgiyani mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi

Yevro-2024 nimchorakfinali doirasidagi uchinchi kungi bahsda Fransiya Belgiyaga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida Kolo-Muanining zarbasidan keyin to‘p Vertongendan o‘z darvozasiga yo‘l oldi – 1:0. Bu turnirdagi 9-avtogol bo‘ldi.

Shu tariqa, Fransiya Belgiyani minimal hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi. Fransiya bu bosqichda 6 iyul kuni Portugaliya – Sloveniya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Yevro-2024. 1/8 final

Fransiya – Belgiya 1:0

Gol: 1:0 – 85, avtogol Vertongen.

Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Ernandes, Kante, Rabo, Tchuameni, Grizmann, Tyuram (Kolo-Muani, 62), Mbappe.

Belgiya – Kastels, Kastan (de Ketelare, 88), Vertongen, Fas, Teate, Karrasko (Lukebakio, 88), de Bryuyne, Onana, Lukaku, Openda (Mangalya, 63), Doku.

Ogohlantirishlar: Tchuameni (14), Grizmann (23), Rabo (24), Vertongen (76).

image