fbpx Betguru » YeCHL. «PSJ» «Real Sosiyedad»ni mag‘lub etdi, «Bavariya» «Latsio»ga yutqazib qo‘ydi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

YeCHL. «PSJ» «Real Sosiyedad»ni mag‘lub etdi, «Bavariya» «Latsio»ga yutqazib qo‘ydi

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari davom ettirildi.

«Bavariya» Upamekano chetlatilgan bahsda «Latsio»ga imkoniyatni boy berdi.

«PSJ» esa Mbappe va Barkolyaning gollari evaziga «Real Sosiyedad»dan ustun keldi.

Javob bellashuvlari 5 martda bo‘lib o‘tadi.

YeCHL. 1/8 final. 14 fevral

PSJ — Real Sosiyedad 2:0

Gollar: Mbappe (58), Barkolya (71).

PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Danilu Pereyra (Ernandes, 72), Lukas Beraldo, Fabian Ruis, Vitinya, Zair-Emeri, Dembele (Kolo-Muani, 83), Barkolya (Asensio, 72), Mbappe.

Real Sosiyedad – Remiro, Traore, Le Norman (Pacheko, 78), Subeldiya, Galan (Aramburu, 88), Mendes (Turriyentes, 79), Merino, Subimendi, Kubo, Barrenechea (Zaxaryan, 66), Andre Silva (Sodiq, 79).

Ogohlantirishlar: Le Norman (36), Traore (90+2).

Latsio — Bavariya 1:0

Gol: Immobile (69, penalti).

Latsio – Provedel, Marushich, Romanioli, Xila (Gabarron, 81), Hyusay (Ladzari, 60), Luis Alberto (Kamada, 81), Kataldi, Genduzi, Felipe Anderson, Isaksen (Pedro, 74), Immobile (Kastelyanos, 74).

Bavariya – Noyer, Mazraui, Upamekano, Kim Min Chje, Gerreyru, Goretska (de Ligt, 73), Kimmix, Myuller (Shupo-Moting, 81), Sane (Tel, 81), Musiala, Keyn.

Ogohlantirish: Kimmix (68).

Chetlatish: Upamekano (67).

image