fbpx Betguru » Ronaldu Shvetsiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Ronaldu Shvetsiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Shvetsiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «An Nasr»ning 39 yoshli hujumchisini 21 mart kungi o‘rtoqlik o‘yini uchun qaydnomaga kiritmadi.

Krishtianu Sloveniyaga qarshi (26 mart) safarda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik bahsi oldidan jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Hujumchi hozir qisqa muddatli ta’tilda va uni oilasi bilan Saudiya Arabistonida o‘tkazmoqda.

Ronaldu milliy jamoalar miqyosida eng ko‘p gol urish bo‘yicha jahon rekordchisi sanaladi. U 2003 yildagi debyutidan buyon Portugaliya safida 205 o‘yinda 128ta gol urgan.

image