fbpx Betguru » Ronaldu bu mavsumda 4-bor Saudiya chempionatining oy futbolchisi deb topildi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Ronaldu bu mavsumda 4-bor Saudiya chempionatining oy futbolchisi deb topildi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

39 yoshli hujumchi mart oyida ichki chempionatda «An Nasr»ning ikki o‘yinida qatnashdi. «Ar Rayed» bilan o‘yinda (1:3) Ronaldu 90 daqiqa o‘ynadi va gol urmadi. «At Tai»ga (5:1) qarshi bahsda esa het-trik qayd etdi.

Ronaldu ushbu mavsumda 4-bor Saudiya ligasining oy futbolchisiga aylandi. Bungacha u avgust, sentyabr va dekabr oylarida tengsiz bo‘lgandi.

Portugaliyalik futbolchi bu mavsumda «An Nasr» safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. U 26 ta gol bilan chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi.

image