fbpx Betguru » «PSJ»da kvadruplga erishish imkoniyati saqlanib turibdi
Sunday, 19 May 2024
← Go to the news

«PSJ»da kvadruplga erishish imkoniyati saqlanib turibdi

«PSJ» bu mavsumda 4 ta turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega.

28 aprel kuni Parij klubi muddatidan avval Fransiya chempioniga aylandi. Yil boshida jamoa «Tuluza»ni mag‘lub etib (2:0), Fransiya superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Luis Enrike boshqaruvidagi Parij klubida Chempionlar Ligasi va Fransiya Kubogini yutish imkoniyati ham saqlanib qolgan. YeCHL yarimfinalida «PSJ» Dortmundning «Borussiya»si bilan, kubok finalida esa «Lion» bilan uchrashadi.

Ma’lumot uchun, bungacha hech bir fransuz klubi kvadruplga erishmagan. «PSJ» 2019/2020 yilgi mavsumda bu muvaffaqiyatga yaqinlashgandi. O‘shanda Tomas Tuxel boshchiligida jamoa Liga 1 chempioni bo‘lgan, Fransiya Kubogi va Liga Kubogida g‘olib chiqqan, ammo Chempionlar Ligasi finalida «Bavariya»ga yutqazgan.

image
PSJ