fbpx Betguru » «PSJ» 20 mln yevroga braziliyalik futbolchini sotib oldi
Saturday, 4 May 2024
← Go to the news

«PSJ» 20 mln yevroga braziliyalik futbolchini sotib oldi

«PSJ» braziliyalik yosh yarimhimoyachi Gabriel Moskardoni sotib oldi.

18 yoshli futbolchi parijliklar bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Moskardo «Korintians»da mavsum oxirigacha o‘ynashda davom etadi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, «PSJ» Moskardo uchun 20+2 mln yevro to‘laydi.

Moskardo «Korintians» safida 25ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan, yana 1ta golga assistentlik qilgan va 9ta sariq kartochka olgan.

Gabriel hali Braziliya milliy jamoasida o‘ynamagan, Braziliya U23 safida 1 bor maydonga tushgan.

image
PSJ