fbpx Betguru » Osiyo Kubogi U-23. Yaponiya O‘zbekistonning finaldagi raqibiga aylandi
Sunday, 19 May 2024
← Go to the news

Osiyo Kubogi U-23. Yaponiya O‘zbekistonning finaldagi raqibiga aylandi

Qatarda o‘tayotgan U-23 Osiyo Kubogida ikkinchi yarimfinal bahsi yakunlandi va unda Yaponiya Iroq ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Kunchiqar yurt vakillari finalga chiqishdan tashqari Parijda o‘tadigan Olimpiadaga ham yo‘llanma qo‘lga kiritishdi.

Yaponiya 3 may kuni bo‘lib o‘tadigan qit’a kubogi finalida O‘zbekiston bilan to‘qnash keladi. 3-o‘rin uchun Iroq va Indoneziya o‘zaro bahs olib borishadi hamda ushbu bellashuv g‘olibi ham Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Osiyo Kubogi U-23. Yarimfinal

Yaponiya — Iroq 2:0

29 aprel, «Shayx Jassim bin Hamad»

Gollar: Hosoya (28), Araki (42).

image