fbpx Betguru » «Orzular ushalmoqda» – Mbappe «Real»ga o‘tgani haqida ilk marta gapirdi
Saturday, 27 July 2024
← Go to the news

«Orzular ushalmoqda» – Mbappe «Real»ga o‘tgani haqida ilk marta gapirdi

«Real» Mbappe transferi haqida rasman e’lon qilgach, Kilian yangi klubi haqida gapirdi.

«Orzular ushalmoqda. O‘zim har doim orzu qilgan jamoam safiga qo‘shilganimdan juda ham baxtiyorman.

Hozir qanchalik hayajonda ekanimni, ichimdan nimalar o‘tayotganini faqat o‘zim bilaman.

Madridistlar sizlar bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman, ajoyib qo‘llab-quvvatlashlar uchun katta rahmat», – deya yozadi Mbappe ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Avvalroq, Madrid klubi Mbappe bilan 5 yillik shartnoma imzolangani haqida e’lon qildi.

image