fbpx Betguru » «Manchester Siti» Echeverri transferini e’lon qildi
Monday, 6 May 2024
← Go to the news

«Manchester Siti» Echeverri transferini e’lon qildi

«Manchester Siti» iqtidorli argentinalik o‘yinchini sotib oldi.

18 yoshli yarimhimoyachi Klaudio Echeverri «shaharliklar» bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Futbolchi «Man Siti»ga bir yildan so‘ng keladi — 2025 yilning yanvarigacha Klaudio «River Pleyt»da o‘ynashda davom etadi.

Oldinroq «Siti» Echeverri uchun 14,5 mln yevro to‘lashi, shuningdek, hujumkor yarimhimoyachining o‘yiniga qarab yana 9 mln yevro bonus bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Echeverri «River Pleyt» asosiy tarkibida 6ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golli uzatmani amalga oshirgan. U Argentina U17 jamoasi uchun 22ta bahsda 13 bor to‘p kiritgan, jumladan, o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda 5ta gol urgandi.

image