fbpx Betguru » Manba: Alonso «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi
Monday, 29 April 2024
← Go to the news

Manba: Alonso «Atletiko» bilan kelishuvga erishdi

Markos Alonso «Barselona»dan «Atletiko»ga o‘tishi mumkin.

33 yoshli himoyachi yozda Kataloniya klubini erkin agent sifatida tark etadi.

Cadena SER xabariga ko‘ra, «Real» tarbiyalanuvchisi allaqachon «matraschilar» bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Hammasi uning yozda Madrid klubi futbolchisiga aylanishiga qarab ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, himoyachining otasi Markos Alonso Penya ham futbolchilik faoliyati davomida «Barselona» va «Atletiko»da o‘ynagan.

Bu mavsumda Markos «Barsa» safida barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda 299 daqiqa o‘ynadi.

image