fbpx Betguru » Liga 1. «PSJ» «Monpele»ga 6 ta gol urdi, Mbappeda het-trik
Friday, 3 May 2024
← Go to the news

Liga 1. «PSJ» «Monpele»ga 6 ta gol urdi, Mbappeda het-trik

Fransiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «PSJ» mehmonda «Monpele»ga 6 ta gol urdi. Mbappe het-trik va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Enrike jamoasi ochkolarini 59taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi «Brest»ni 12 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Monpele» 26 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

Liga 1. 26-tur

Monpele — PSJ 2:6

17 mart, «Stad de lya Mosson»

Gollar: Norden (30), Savane (45+1, penalti) — Vitinya (14), Mbappe (22, 50, 63), Li Kan In (53), Mendesh (89).

Monpele – Berto, Tshato, Kuyate, Omeragich, Davin (Sako, 70), Savane (Jyulen, 90), Ferri, Kulibali (Adams, 59), Lerua, Norden (Fayyad, 60), Hazri (At Tamari, 59).

PSJ – Donnarumma, Hakimi, Danilu Pereyra, Lukas Beraldo (Mukiyele, 69), Ernandes (Mendesh, 46), Ugarte, Vitinya, Li Kan In (Meyulyu, 70), Barkolya (Zair-Emeri, 62), Mbappe, Kolo-Muani (Gonsalu Ramush, 62).

Ogohlantirishlar: Beraldo (38), Donnarumma (45), Mendesh (72).

image