fbpx Betguru » «Lester» 8-bor Chempionship g‘olibi bo‘ldi va bu borada «Man Siti»ni ortda qoldirdi
Sunday, 19 May 2024
← Go to the news

«Lester» 8-bor Chempionship g‘olibi bo‘ldi va bu borada «Man Siti»ni ortda qoldirdi

«Lester» mavsum yakuniga bir o‘yin qolganida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Enss Mareska boshchiligidagi jamoa Chempionshipning 45-turi doirasidagi o‘yinda «Preston»ni (3:0) mag‘lub etib, turnir jadvalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalardagi «Ipsvich» va «Lids» «tulkilar»dan o‘zib ketish imkoniyatini yo‘qotdi.

«Lester» hisobida 97 ochko bor va yana bitta o‘yin o‘tkazadi – o‘z maydonida «Blekbern»ga qarshi. Jamoaning turnirdagi eng yaxshi to‘purari 37 yoshli Jeymi Vardi bo‘lib, u 18 ta gol urdi.

O‘tgan turda «Lester» APLga qaytishni kafolatladi: jamoa 2022/23 yilgi mavsum oxirida Angliya yuqori divizionini tark etgandi.

«Lester» 8-marta Chempionshipda g‘olib bo‘ldi va bu borada 7 ta chempionlikka ega «Man Siti»ni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Chempionshipda ketma-ket to‘rtinchi mavsum Premer-ligadan tushgan jamoa g‘olib bo‘ldi.

image