fbpx Betguru » Laporta Mbappe haqida: «Real»ga hasad qilmayman. Uning shartnomasidagi katta raqamlar klubdagi muhitni buzadi»
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Laporta Mbappe haqida: «Real»ga hasad qilmayman. Uning shartnomasidagi katta raqamlar klubdagi muhitni buzadi»

Joan Laportaning fikricha, «Real» Kilian Mbappening kelishi bilan muammolarga duch keladi.

«Mbappening kelishi sabab «Real»ga hasad qilmayman. Aslo. Qolaversa, ular Kilian bilan shartnoma imzolay olishadimi yoki yo‘q, bilmayman. Ko‘ramiz.

Menimcha, muammo yuzaga keladi. Agar Mbappe kelsa, «Real» o‘yinchilaridan birini (Vinisius) sotishi kerak bo‘ladi, to‘g‘rimi? Chunki ular bir pozitsiyada birga o‘ynay olishmaydi. Bundan tashqari, ikkalasi ham juda mashhur futbolchilar.

Shuningdek, Kilianning shartnomasidagi raqamlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bu kiyim almashtirish xonasidagi muhitni buzadi. Bu sovg‘a emas», — dedi «Barselona» prezidenti.

image