fbpx Betguru » La Ligada yana bir iste’fo
Monday, 6 May 2024
← Go to the news

La Ligada yana bir iste’fo

Ispaniyaning «Granada» klubi jamoa bosh murabbiyi Aleksander Medina iste’foga chiqarilganini e’lon qildi.

Medina 2023 yilning fevral oyida «Granada» bosh murabbiyiga aylangandi. Iste’foga jamoaning qoniqarsiz natijalari sabab bo‘lgan.

«Granada» La Ligada 28 o‘yindan keyin 14 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida «Kadis» klubi jamoa bosh murabbiyi Serxio Gonsalesni iste’foga chiqargandi.

image